Arab tili va tajvid - Qur’on o‘rganish qoidalari icon

Arab tili va tajvid - Qur’on o‘rganish qoidalari

3.1 for Android
5.0 | 1,000,000+ Installs | Reviews

Islam Apps World

⚠️ You need 9Apps App to install .XAPK File. How to install XAPK?

Description of Араб тили ва Тажвид

Bismillahir Rohmanir Rohiym, Qur’on o‘rganishning noyob usul jamlangan dasturni sizning e’tiboringizga taqdim etmoqdamiz. Endi Tajvid qoidalari bilan Qur’on o‘qish yanada osonroq va qiziqarliroq bo‘ldi. Dastur har taraflama universal bo‘lgani bilan, sizni to‘g‘ri talaffuz qilishingizga kafolat bera olmaydi, shu sababli biz qat’iyat bilan sizga aytamizki: dasturni o‘rganib bo‘lganingizdan so‘ng, o‘zingizga yaqin bo‘lgan masjid yoki islom jomiyalaridan birida o‘zingizni tekshirtirib oling.
Olamlar sarvari, qudratli va barcha narsaga qodir Allohga hamd bo‘lsin. Haq din islom diniga e’tiqod qilgan payg‘ambarlarga Allohning barokati bo‘lsin. Islom yo‘lida yuruvchi Allohning bandalariga xotirjamlik va salomlar bo‘lsin.
Qur’on - bu inson tomonidan yozilmagan kitob bo‘lib uning muallifi jamiki narsalarni yaratuvchisidir, Qur’on bu avloddan-avlodga o‘tib bizning kungacha etib kelgan Alloh taoloning payg‘ambari Muhammad s.a.v.ga farishta Jabroil a.s. orqali yuborilgan Alloh taoloning kalomidir (nutqidir).
Qur’on 114 sura (bob)ni o‘z ichiga oladi. Suralar esa oyatlardan tashkil topgan. Qur’on ja’mi 6666 oyatdan iborat.
"Al-Fotiha" surasi (Qur’ondagi birinchi sura) Qur’onning eng qadrli surasi hisoblanadi, "Oyatal-Qursiy" oyati esa Qur’onning eng buyuk oyati deb hisoblanadi. Hadisda shunday deyiladi: "Sizlarning eng yaxshingiz Qur’onni o‘rganib, boshqalarga o‘rgatganingizdir". Shuning uchun ham Qur’onning qanchalar qadrli va buyukligini anglaganimizda, uni o‘qish qoidalari va odob-axloqlarini bilishimiz lozim.
In sha Alloh ushbu dastur bizga Qur’onni tajvid bilan to‘g‘ri o‘qishni o‘rganishimizga yordam beradi. Alloh bizni to‘g‘ri yo‘lda sobitqadam qilsin, Omin!
Tajvid - bu muqaddas Qur’onni to‘g‘ri o‘qishga erishtiradigan va shu orqali Allohning kitobidagi mazmunni buzilishini bartaraf etadigan fandir. Tajvidning mohiyati - bu maxraj orqali harflarning klassik (Qur’oniy) fonetikada talaffuz qilishni o‘rganishdadir.
Maxraj - bu kerakli ohangga erishish uchun har bir harfni talaffuz qilishda belgilangan mexanizmlardan foydalanishdir.

What's New with Араб тили ва Тажвид 3.1

Bir qator kamchiliklar bartaraf etildi.

Information

  • Category:
    Education
  • Latest Version:
    3.1
  • Updated:
    2020-03-21
  • File size:
    80.7MB
  • Requirements:
    Android 6.0 or later
  • Developer:
    Islam Apps World
  • ID:
    uz.uzdasturlar.arabtilivatajvid
  • Available on:
  • Arab tili va tajvid - Qur’on o‘rganish qoidalari
    Араб тили ва Тажвид 1.3
    34.3MB
    2020-03-21
    APK
    Picture
  • Arab tili va tajvid - Qur’on o‘rganish qoidalari
    Араб тили ва Тажвид 1.0
    34.7MB
    2019-05-18
    APK
    Picture
Reviews
  • avatar
    Alhamdulillah! Juda zo‘r ishlangan! Jazakollohu Xoyron!
    2020-09-01 04:52
  • avatar
    It's amazing application. Thanks to developers. I want to make a notice that it will be better if you add main menu button. There is only back button in the app. Thank You in advance.
    2020-07-30 03:35
  • avatar
    Zo‘r, excellent, excellente
    2020-06-05 04:39
  • avatar
    The most Excellent ever
    2020-05-03 03:06
  • avatar
    Cool
    2020-04-30 01:01
  • avatar
    👍👍👍🤲🤲🤲 Mashaalloh!!!!
    2020-04-25 12:40